» » Kollej va litseylardagi davomat muammosini bepul oylik yo‘l chiptalari hal qilishi mumkin

Kollej va litseylardagi davomat muammosini bepul oylik yo‘l chiptalari hal qilishi mumkin


Ikki oydan buyon ichki ishlar, prokuratura va ta’lim sohasi xodimlarining hamkorligida barcha o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari olib borilmoqda. O‘quv muassasalari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ta’kidlashicha, bu qisqa vaqt ichida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar sonini kamaytirishga erishildi. Hamkorlikdagi faoliyat davomatni oshirishga ham imkon berdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

Toshkent shahridagi Uchtepa tumanida joylashgan kollejlardan birining vakili ma’lum qilishicha, ba’zi o‘quvchilarning darsga kelmasligiga shunchaki ularda o‘qishga kelish uchun transportga to‘lanadigan pulning yo‘qligi sabab bo‘ladi.

“Ikki yoki uch farzandli kam ta’minlangan oilalar bor. Ular har kuni o‘qishga kelishi kerak. Bu esa xarajat degani. Biz Senatga kam ta’minlangan oilalar farzandlarini bepul oylik yo‘l chiptalari bilan ta’minlash bo‘yicha taklif kiritdik. Umid qilamizki, bu masala ijobiy hal etiladi”, — deydi kollej vakili.

Kollej ma’muriyati tomonidan ma’lum qilinishicha, ko‘plab o‘quvchilar boshqa tumanlardan, Nazarbekdan, To‘ytepadan keladi. Shuning uchun o‘quvchilar kollejga kelish uchun ikkita transportga chiqishga majbur bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют