» » Mudofaa vazirligi sayyor qabulida 4 kun davomida 832 ta murojaat ko‘rib chiqildi

Mudofaa vazirligi sayyor qabulida 4 kun davomida 832 ta murojaat ko‘rib chiqildi


Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi mas’ul mansabdor shaxslardan iborat guruh 9—12-iyul kunlari Markaziy harbiy okrugda joylashgan harbiy qism va muassalarda sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Zarafshon, Navoiy shaharlari hamda Uchquduq tumanida bo‘lib o‘tgan qabullar davomida jami 832 ta murojaat bo‘ldi. Okruglar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, Sharqiy harbiy okrugda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 694 ta, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugda esa murojaatlar soni 429 tani tashkil etgan.

Qabullar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatidan iborat ishchi guruh barobarida okrug qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari, joylardagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlarning mavjud muammolari, talab, taklif va ehtiyojlari o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak berish yuzasidan ish olib borildi.

Samarqand shahrida ipoteka krediti asosida uy-joylar olish muddatiga aniqlik kiritib berish masalasida murojaatlar 15 foiz (Jizzax viloyatida 20 foiz), harbiylar oila a’zolarining kasalligi hamda oilada yolg‘iz o‘g‘illigi tufayli xizmat joyini ko‘chirish masalasi 23 foiz (Jizzax viloyatida 26 foiz), muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o‘tab qaytgan fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirish masalasida 2 foiz (Jizzax viloyatida 1,5 foiz), harbiy pensionerlarning farzandlariga respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berish masalasi 1 foiz (Jizzax viloyatida 1,5 foiz), harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va harbiy pensionerlarning davolanish masalasi 1 foiz (Jizzax viloyatida 5 foiz), harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va harbiy pensionerlarni ishga hamda ularning farzandlarini bog‘cha va maktablarga joylashtirish masalasida 4 foiz (Jizzax viloyatida 10 foiz)ni tashkil etgan.

Ta’kidlash kerakki, Markaziy harbiy okrugda oilaviy muammolar bo‘yicha birorta murojaat bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют