» » Qozog‘istondagi YTHda ikki politsiyachi va bir O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda ikki politsiyachi va bir O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


2019-yil 13-iyul kuni Olmaota-Yekaterinburg avtomobil trassasining 178-km.da ichida ikki nafar politsiya xodimi va 6 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.  Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilmoqda.

YTH oqibatida ikki nafar politsiya xodimi va O‘zbekiston fuqarosi F.A. vafot etdi. Jarohat olgan 5 nafar o‘zbekistonlikka birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng kasalxonaga yotishga zarurat yo‘qligi ma’lum qilindi.

Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют