» » Vazir o‘rinbosari oyliklar oshishi OTM kontraktiga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi masalani ochiq qoldirdi

Vazir o‘rinbosari oyliklar oshishi OTM kontraktiga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi masalani ochiq qoldirdi


Xalqaro press-klubning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan sessiyasida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov pensiya bilan nafaqaning farqi haqida gapirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, pensiya — bu, fuqaroning ishlagan vaqti evaziga pensiya yoshiga yetganida har oy olib turadigan pul. Nafaqa puli bir martalik bo‘ladi yoki belgilangan toifalarga ajratiladi.

Sessiyada ishtirok etgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov joriy yil 1-avgustdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorining oshishi OTM to‘lov-shartnoma puliga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi masalani ochiq qoldirdi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Shoxruh Shorahmedov esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash yoki pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘rtasidagi farqqa oydinlik kiritdi.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori lavozim maoshi, ustama, qo‘shimcha pul, gonorarlar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari, oziq-ovqat, yo‘l va rag‘batlantiruvchi boshqa turdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda qo‘llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo‘llaniladi.

Bazaviy hisoblangan summa soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash, shuningdek, oilaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtojligini aniqlashda qo‘llaniladi.

Hisoblangan pensiya ko‘rsatkichi pensiya va ijtimoiy ta’minot sohasida qo‘llaniluvchi, pensiya, ustama, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarni hisoblash, shuningdek, mehnatdagi mayiblik bo‘yicha munosabatlar uchun kerak bo‘ladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari aytishicha, aholi oylik oshishidan quvonadi. Lekin buni hadik bilan kutishi ham bor gap. Mutaxassislar bu holni hisobga oladi, albatta. Alohida soha mutaxassislarining oylik maoshi ko‘tarilishi inflyatsiya darajasining oshmasligiga ijobiy ta’sir qiladi.

Tadbirkorlikning birdan rivojlanib ketishi ham inflyatsiya darajasining oshib ketishiga ta’sir ko‘rsatadi. Sababi O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga hali to‘laligicha o‘ta olgani yo‘q. Narxni sun’iy jilovlash esa boshqa salbiy muammolarni keltirib chiqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют