» » Deputatlar avtomobil oynalarini to‘sishga bepul ruxsat berish taklifini kiritdi

Deputatlar avtomobil oynalarini to‘sishga bepul ruxsat berish taklifini kiritdi


Bir guruh deputatlar tomonidan vakolatli davlat organlariga amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning tegishli bandiga haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun ikki yoniga o‘rnatilgan orqa tomon ko‘rinishini ta’minlaydigan tashqi ko‘zguni haydovchining o‘rnidan ko‘rishga xalaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga chiy parda yoki darparda o‘rnatishga bepul asosda ruxsat berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish haqidagi takliflar taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”da transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlardan bir sifatida barcha transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lishi belgilangan.

Shu bilan birga masalaning qonuniy yechimi sifatida jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining to‘qson baravari, yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma baravari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun eng kam oylik ish haqining bir yuz qirq baravari miqdoridagi to‘lov evaziga ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Ushbu tartibga rioya etilmagan holatlarda esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga asosan eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan qirq baravari miqdorigacha jarima to‘lash belgilangan.

Aholi va jamoatchilikning fikri asosida xulosa qilinsa, bunday tartib va qoidalarning amalga tatbiq etilishida bir qator o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan:

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to‘lov evaziga oynasining tusini o‘zgartirishga ruxsat olgan yengil avtotransport vositalarini tekshirish uchun tez-tez to‘xtatilayotgani va ularning vaqti yo‘qotilayotgani ham fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu murojaatlar bo‘yicha qonun hujjatlari va yigirmaga yaqin (Buyuk Britaniya, Polsha, Shvetsiya, Fransiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va h.k.) xorijiy davlatlar tajribalari o‘rganib chiqilgan.

Natijada birinchi navbatda xavfsizlik masalalarini inobatga olgan holda yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun avtotransport vositalarining ikki yoniga o‘rnatilgan orqa tomon ko‘rinishini ta’minlaydigan tashqi ko‘zguni haydovchining o‘rnidan ko‘rishga xalaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga chiy parda yoki darparda o‘rnatilishiga hech qanday to‘lovlarsiz ruxsat berilishi maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют