» » O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarga OTMlardagi o‘qishini davom ettirishiga sharoit yaratiladi

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarga OTMlardagi o‘qishini davom ettirishiga sharoit yaratiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini davom ettirishiga sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini davom ettirishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mahkumlarning o‘qishini davom ettirish ularning o‘qishini sirtqi ta’lim shakliga tiklash (ko‘chirib tiklash) va internet tarmog‘i orqali masofadan (onlayn) o‘qitishni tashkil etish asosida amalga oshiriladi.

Mahkumlarning o‘qishini tiklash (ko‘chirib tiklash) ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda vakolatli komissiyalar qarorlariga asosan amalga oshiriladi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan mahkumlarning o‘qishini tiklash (ko‘chirib tiklash) to‘g‘risidagi ariza va tegishli hujjatlari (pasport nusxasi, reyting daftarchasidan yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnomadan nusxa) ularning jazoni ijro etish muassasalari ijro joyi va turini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют