» » Toshkentda patrul avtoulovlarida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish qoidabuzarliklarini avtomatik tarzda aniqlash tizimi joriy etiladi

Toshkentda patrul avtoulovlarida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish qoidabuzarliklarini avtomatik tarzda aniqlash tizimi joriy etiladi


Toshkentda 2019-yilning uchinchi choragida patrul avtoulovlarida ko‘cha va chorrahalarda transport vositalari haydovchilarining to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish qoidabuzarliklarini avtomatik tarzda aniqlash tizimi joriy etiladi. Bu haqda 16-iyul kuni Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan brifingda Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Sadirov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“Hozirgi kunda patrul avtoulovlarida xizmatda foydalanib kelinayotgan “AutoCon” rusumli mobil qurilmaga qo‘shimcha dasturiy ta’minot “Abl-Soft” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. U asosida poytaxt ko‘cha va chorrahalarida transport vositalari haydovchilarining to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish qoidabuzarliklarini avtomatik tarzda aniqlash tizimini tajriba tariqasida 2019-yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirildi”, — dedi podpolkovnik Aziz Sadirov.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Toshkent halqa avtomobil yo‘lidagi to‘rtta bozor yaqinida o‘rnatilgan kameralar tomonidan (3.27) belgisini mensimaslik holati bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar haqida ham ma’lumot berdi.

“Transport vositalarini to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish funksiyasiga ega 4 dona aylanma kuzatuv videokameralari “Toshkent savdo markazi”, “Chilonzor buyum bozori” va “Karvon” bozorlariga o‘rnatildi. Kuzatuv videokameralari 1—9-iyul kunlari test tariqasida sinovdan o‘tkazilgan sinovda 8240 ta qoidabuzarlik aniqlandi. 10-iyul kunidan boshlab aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha chiqarilgan elektron qarorlarni manzillariga yetkazish uchun “KAAT” tizimi orqali O‘zbekiston Pochtasiga elektron tartibda yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. 10—16-iyul kunlari 864 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 525 million 312 ming so‘m jarima belgilandi”, — dedi Sadirov.

Avvalroq, Toshkent halqa avtomobil yo‘lidagi “Toshkent savdo markazi”, “Bek To‘pi”, “Chilonzor buyum bozori” va “O‘rikzor” bozorlari yaqinida o‘rnatilgan kameralar birinchi ish kuni haydovchilar tomonidan 782 ta “To‘xtash taqiqlangan” (3.27) belgisini mensimaslik holatini qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

3.27 belgisi ostida avtomobilni to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют