» » Qoidabuzarlik avtomatik ravishda qayd etiladigan yo‘l belgilari soni oshdi

Qoidabuzarlik avtomatik ravishda qayd etiladigan yo‘l belgilari soni oshdi


Endilikda 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgisiga rioya qilmaganlik avtomatik ravishda qayd etiladi, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, AutoCon-SC / M dasturiy ta’minot majmuasi yangilangan bo‘lib, endilikda u orqali 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgisini buzganlikni aniqlaydi. Yangilikni sinovdan o‘tkazish 25-mart kuni boshlangan.

AutoCon-SC/M majmuasi Toshkent shahridagi YXXB maxsus transport vositalari jihozlangan bo‘lib, u old kameraga 58 davlat raqamini tanib olish va yo‘l harakati qoidalari buzilganligini avtomatik ravishda aniqlaydi (inson aralashuvisiz).

3.27 yo‘l belgisini e’tiborsiz qoldirilganlik holati maxsus avtomobilning shahar atrofida harakatlangan paytida amalga oshiriladi. Qoidabuzar haqidagi ma’lumotlar darhol (onlayn) kompyuter xavfsizligi boshqaruv tizimiga kelib tushadi.

Qoidabuzarlik haqida avtomobil egasining manziliga yuborilgan xat yoki 8860 raqami bo‘yicha SMS so‘rov yuborib, ma’lumot olish mumkin.

3.27 belgisi ostida avtomobilni to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128/6 moddasiga binoan 3 EKIH (608190 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.

Tizim quyidagicha ishlaydi: patrul avtomashinasi bir hududni 5-10 daqiqa tafovut bilan ikki marotaba aylanib o‘tadi. Birinchi marta davlat raqami qoidabuzar sifatida nomzod maqomini oladi. Ikkinchi marta, qoidabuzar bo‘lmaganlar olib tashlanadi.

Olingan ma’lumotlar tizim tomonidan taqqoslanadi va tahlil qilinadi. Agar avtomobil piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan bo‘lsa — u tizimdan olib tashlanadi va qoidabuzar hisoblanmaydi. Agar avtomobil buzilganligi sababli to‘xtasa, qonun bo‘yicha u favqulodda to‘xtash belgisini qo‘yishi kerak — tizim belgini o‘qiydi va avtomashinani qoidabuzarlar bazasiga jo‘natmaydi.

3.27 belgisi bo‘yicha qoidabuzarlikni aniqlash sinovdan o‘tsa, tizim 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” belgisi bo‘yicha qoidabuzarliklarni qayd eta boshlaydi. Bunday hollarda patrul avtomashinasi o‘n daqiqa tafovut bilan hududni aylanib o‘tadi. 3.28 belgisi ostidagi mashina soni qayta o‘qilsa —to‘xtash qoidalarini buzish qayd etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют