» » Toshkent shahrida to‘xtab turish qoidalarini o‘n daqiqa “imkoniyat”dan so‘ng buzgan haydovchilarga nisbatan onlayn choralar ko‘riladi

Toshkent shahrida to‘xtab turish qoidalarini o‘n daqiqa “imkoniyat”dan so‘ng buzgan haydovchilarga nisbatan onlayn choralar ko‘riladi


Toshkent shahrida to‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan onlayn choralar ko‘rilishi haqidagi dasturiy ta’minot sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizxon Umarxonov jurnalistlar bilan o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Kelgusida haydovchilar “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3.27 (To‘xtash taqiqlangan) yo‘l belgisi ta’siri ostidagi hududda avtomashinani qoldirsa, ularning yashash manziliga jarima solish haqidagi qaror pochta orqali yuboriladi.

Azizxon Umarxonovning tushuntirishicha, “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi ta’siri ostida to‘xtab turishga 10 daqiqagacha ruxsat beriladi. Ya’ni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha avtopatrul bir marotaba o‘tadi. O‘sha yo‘nalishga o‘n daqiqadan keyin qaytib keladi. Agar avtomashina 10 daqiqa ichida ham avvalgi joyida to‘xtab turgan bo‘lsa, qoidabuzarlik qayd ediladi. Haydovchining yashash manziliga birinchi qayd etilgan va ikkinchi bor qayd etilgan rasm va boshqa ma’lumotlar yuboriladi. Bu o‘n daqiqalik “imkoniyat” dorixona, bozor yoki do‘konlarga kirib-chiqish uchun va boshqa zarur hollarda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют