» » O‘zbekistonda go‘sht importi QQSdan ozod etildi

O‘zbekistonda go‘sht importi QQSdan ozod etildi


O‘zbekistonda go‘sht importi 2019-yilning oktabr oyigacha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukumat qarori (591-son, 16.07.2019 y.) bilan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda import qilingan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning so‘yilgan mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют