» » Moliya vazirligi QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi

Moliya vazirligi QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, sotuvi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi uchun amal qiladi.

Ro‘yxatdan go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti), shuningdek, tirik qoramol va parranda, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlar) hamda shakar joy olgan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyoz non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda ham qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют