» » O‘zbekistonda sutni qayta ishlovchi korxonalar QQS to‘lashdan ozod qilindi

O‘zbekistonda sutni qayta ishlovchi korxonalar QQS to‘lashdan ozod qilindi


O‘zbekiston hukumati sutni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Hukumatning 2019-yil 24-yanvardagi qarori bilan sut O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Mazkur qaror sutchilik sanoatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatidan 9 turdagi mahsulot (go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning so‘yilgan mahsulotlari; baliq; kartoshka; piyoz; tuxum; guruch; shakar; non) o‘rin olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют