» » Toshkent viloyatida haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH yuz berdi va ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH yuz berdi va ikki kishi halok bo‘ldi


17-iyul kuni tongda Toshkent viloyati hududida 4R7 Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Chirchiq daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik ustida yengil va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Opel Omega avtomobilini boshqarib kelayotgan 1992-yilda tug‘ilgan N.D. uxlab qolishi oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1957-yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvida bo‘lgan WILSON NS34TS rusumli yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Opel Omega haydovchisi N.D. va yo‘lovchisi 1997-yilda tug‘ilgan U.A.lar voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют