WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Damashq AQShning Rakkaga Asad bilan kelishilmagan hujumini noqonuniy deb atadi
Damashq AQShning Rakkaga Asad bilan kelishilmagan hujumini noqonuniy deb atadi
Suriya hukumatining Jeneva muzokaralaridagi delegatsiyasi rahbari Bashar Ja’fariy AQSh yoki Turkiya qurolli kuchlarining Suriyaning Rakka shahridagi IShID terrorchilik guruhi kuchlariga hujumi shartlari mamlakat prezidenti Bashar Asad bilan kelishib olinmasa, u noqonuniy bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Rasmiy Damashq vakili Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya va Qatar terrorizm hamkorlari ekanligini, chunki ular suriyalik isyonchilarni va qurolli muxolifatni qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi.
Ja’fariy, shuningdek, Ostona va Jenevadagi Suriya bo‘yicha muzokaralar muhimligini qayd etdi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?