» » Sirdaryoda “Gazel” yuk mashinasi ortidan borib urildi. Mikroavtobusning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Sirdaryoda “Gazel” yuk mashinasi ortidan borib urildi. Mikroavtobusning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi


Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida 19-iyul kuni soat 05:20 atrofida Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.D. “Gazel” mikroavtobusini “Termiz—Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli R.M. boshqaruvidagi Mercedes-Benz yuk mashinasi tirkamasining orqa qismiga urib, YTH sodir etgan.

Hodisa oqibatida “Gazel” yo‘lovchisi, Buxoro viloyatida yashagan, 1956-yilda tug‘ilgan N.A. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Shuningdek, mikroavtobusining uch nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Haydovchi Sh.D. hamda qolgan 4 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют