» » Qosim-Jo‘mart Toqayev prezidentli haqida: “Yaxshi narsaga tez ko‘nikasan”

Qosim-Jo‘mart Toqayev prezidentli haqida: “Yaxshi narsaga tez ko‘nikasan”


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev davlat rahbari lavozimi qanday qabul qilishi haqida so‘zlab berdi, deb xabar qiladi Tengrinews.

“Dastlabki kunlari biroz noqulay bo‘ldi. Ayniqsa, ommaviy tadbirlarda ‘Prezident, Prezident’ deyishganida. Men Nursulton Abishevich kelgan bo‘lsalar kerak deb atrofga ko‘z yugurtirardim. Biroq bilasiz vaqt hamma narsaga o‘rgatadi. Yaxshi narsaga tez ko‘nikasan”, — deydi Toqayev.

Uning ta’kidlashicha, prezidentlik majburiyati juda og‘ir — butun davlat va xalqning xavfsizligi hamda farovonligi uchun javob berish kerak.

“Shu bilan birga prezidentlik majburiyatini bajarish sharafli, buni yashirishga hojat yo‘q. Har kuniyam odamlar prezident bo‘lavermaydi. Ayniqsa, bizning vaziyatda”, — deya qo‘shimcha qiladi Qozog‘iston prezidenti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют