» » Deputatlar jarimaning 70 foizini to‘lash g‘oyasini ilgari surdi

Deputatlar jarimaning 70 foizini to‘lash g‘oyasini ilgari surdi


22-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi munozaralarga boy kechdi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi ustida olib borilgan ishlarda ham deputatlar sud ham, qonunlar ham adolat o‘rnatishga xizmat qilishi zarur, degan g‘oyaga suyanib, uni takomiliga yetkazdi. Loyiha muhokamasi davomida ham uning asl mohiyatini saqlab qolishga harakat qilishdi.

Ta’kidlanishicha, shuning uchun ham majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari ichida eng ko‘p ovoz to‘plab qabul qilingan hujjatlardan biri mazkur loyiha bo‘lgan.

Loyiha sud tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni nazarda tutadi.

Ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qo‘llanilmasligi qayd etib o‘tilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarning amaliyotda qo‘llanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga rag‘batlantiradi, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek mablag‘lar o‘z vaqtida Davlat budjetiga kelib tushishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют