» » Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi nomidan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi nomidan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi


Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston—Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatlar va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarni, jumladan, hukumatlararo komissiyalar doirasida davom ettirishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют