» » “Hududiy elektr tarmoqlari”: Reja jadvalidan ancha orqadamiz

“Hududiy elektr tarmoqlari”: Reja jadvalidan ancha orqadamiz


Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari reja asosida bajarilmayotgani moliyaviy uzilishlar bilan bog‘liq. Bu haqda 24-iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Qurbonovning aytishicha, yil oxirga qadar rejalashtirilgan 7,1 ming kilometr emas, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8 ming kilometrdan ortiqroq elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda 3,5 mingdan ortiqroq transformator punktlarini o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan.

“Ishda ozgina oqsoqliklarga yo‘l qo‘yganmiz, to‘g‘ri. Reja jadvalidan ancha orqadamiz. Buning ham obyektiv, ham subyektiv sabablari bor. Misol uchun, “O‘zbekenergiya” AJning uchga bo‘linishi, moliyaviy oqimlarning bir muddatga to‘xtab qolishi bilan bog‘liq”, — dedi Feruz Qurbonov.

Hozirda mavjud muammolarga qaramay, Qurbonovning qo‘shimcha qilishicha, yil oxirga qadar rejani ortig‘i bilan bajarish maqsad qilingan.

Ta’kidlanishicha, 2019-yil davomida talabdan kelib chiqib 450 kilometrdan ziyodroq elektr uzatish tarmoqlari hamda 565 dona transformator o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda 165 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 88 dona yangi tarnsformator o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют