» » Uzbekistan Airways 24-iyuldan “Haj — 2019” dasturi bo‘yicha parvozlarni boshladi

Uzbekistan Airways 24-iyuldan “Haj — 2019” dasturi bo‘yicha parvozlarni boshladi


Uzbekistan Airways 24-iyuldan “Haj — 2019” dasturi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi, deya xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga tashish 24-iyuldan 3-avgustga qadar 32 ta reys orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistoning 7 ta shahri: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Nukus, Qarshi, Namangan, Urganchdan 7200 nafar ziyoratchi Haj amalini bajaradi.

Ziyoratchilarni Jidda shahridan o‘z vatanlariga qaytarish 17-avgustdan 1-sentabrgacha rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019-yildan o‘zbekistonlik musulmonlar uchun haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirilgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют