» » Qoraqalpog‘istonda haydovchining boshqaruvni eplay olmagani sabab yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda haydovchining boshqaruvni eplay olmagani sabab yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 2019-yil 24-iyul kuni soat 11:40 larda oqibati o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

“Amudaryo tumanida yashovchi 33 yoshli I.D boshqaruvidagi ‘VAZ-2107’ rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada avtomashinaning ikki nafar yo‘lovchilari jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi I.D va yana bir nafar yo‘lovchisi 19 yoshli A.Alar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют