» » Moskva Dumasi saylovidan norozilarning aksariyati boshqa shaharliklar bo‘lib chiqdi

Moskva Dumasi saylovidan norozilarning aksariyati boshqa shaharliklar bo‘lib chiqdi


Moskvada bo‘lib o‘tgan noqonuniy mitingda qo‘lga olinganlarning yarmidan ko‘pi boshqa viloyatliklar bo‘lib chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Kecha, 27-iyul kuni Moskva shahar meriyasi binosi oldida 3 mingga yaqin kishi Moskva shahar Dumasi sayloviga ayrim nomzodlarning ro‘yxatga olinmaganiga qarshi namoyishga chiqqan edi.

Politsiya kelishilmagan namoyishda ishtirok etgan fuqarolardan 1074 nafarini qo‘lga olib, shaxsini aniqlaganda — ulardan 600 nafari boshqa shaharda istiqomat qiluvchi fuqarolar bo‘lib chiqqan.

Bundan xulosa qilish mumkinki, ayrim muxolifat nomzodlar Moskvada o‘zlariga yetarlicha tarafdorlar topa olmaganidan so‘ng, boshqa shahardan soxta yoki yollagan namoyishchilarni yordamga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahar Dumasi sayloviga tayyorgarlik jarayonida muxolifat kuchlar vakillari bo‘lgan Ivan Jdanov, Sergey Mitroxin, Lyubov Sobol, Konstantin Yankauskas, Ilya Yashin kabi bir necha nomzodlar saylovda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan edi. Sabab — ular taqdim etgan ro‘yxatlarda soxta imzolar borligi aniqlangan.

Shuningdek, muxolifat kuchlari tomonidan shahar saylov komissiyasi a’zolari va ularning oilalariga nisbatan bosim o‘tkazishga qaratilgan harakatlar ham qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют