» » Moskvada 1-yanvardan migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshdi

Moskvada 1-yanvardan migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshdi


Moskvada migrantlar uchun 2019-yil 1-yanvardan mehnat patenti narxi 4,5 ming rubldan 5 ming rublga oshirildi, deb yozadi Turon24.

Moskva shahar dumasi bu haqdagi qarorni 2018-yil noyabr oyining oxirida qabul qilgan edi.

Moskva shahar dumasining iqtisodiy siyosat va moliya bo‘yicha komissiyasi raisi Lyudmila Guseva “biror-bir ta’lim hamda Moskvada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan mehnat migrantlarigina Rossiya poytaxtiga kelishi kerak”ligini aytgan.

Bundan avval u chet elliklar uchun patent narxini oshirish mamlakat budjetini to‘ldirishga yordam berishi, olingan mablag‘lar esa ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanishini aytgan edi.

Moskva shahar dumasi bilan deyarli bir vaqtda Moskva viloyati dumasi ham migrantlar uchun mehnat patenti narxini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab u 450 rubl qimmatlab, 4750 rublga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют