» » Rasman: Sardor Rashidov Qatar chempionatiga qaytdi

Rasman: Sardor Rashidov Qatar chempionatiga qaytdi


O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov Qatar chempionatiga qaytdi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.

Endilikda u Qatarning “Qatar SK” klubi sharafini himoya qiladi. Shartnoma shartlari hali ochiqlangani yo‘q. U klubda 7-raqam ostida harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor 2019-yilning yanvar oyida Toshkentning “Lokomotiv” klubidan Portugaliyaning “Nasional” klubiga o‘tgan edi. Klub mavsum yakuniga ko‘ra, quyi divizionga tushib ketdi.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi uchun Qatar chempionati begona emas. Sardor 2015—2017-yillar mobaynida “Al-Jaish” sharafini himoya qilgan.

Qayd etish joiz, “Qatar SK” bugungi kunda argentinalik murabbiy Serxio Batista boshqarib kelmoqda. Klub 8 marta Qatar chempioni bo‘lgan (so‘nggi marta 2003-yil).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют