» » AQShlik saylovchilar Trampni irqchi deb hisoblashmoqda

AQShlik saylovchilar Trampni irqchi deb hisoblashmoqda


Amerikalik saylovchilarning yarmidan ko‘pi (51 foiz) AQSh prezidenti Donald Trampni irqchi deb hisoblamoqda. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu Kvinnipeksk universiteti jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lgan.

Qolgan 45 foiz ishtirokchilar esa Trampni irqchi deb hisoblamaydi. Oq tanli aholining 46 foizi Trampning xatti-harakatlari irqchilik ekanligiga ishonadi, 50 foizi esa bu fikrni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Qora tanli aholi orasida esa Trampni irqchi deb hisoblovchilar 80 foizni, lotinamerikaliklar esa 55 foizni tashkil etadi.

Bu AQSh prezidentining birinchi marta irqchilikda ayblanishi emas. Tramp 14-iyulda irqchilik qilib, Demokratlar partiyasidan bo‘lgan to‘rt nafar ayolni o‘z yurtlariga qaytib, o‘sha yerda tartib o‘rnatishga chaqirgandi. AQSh Kongressi Trampning bu ishini qoralagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют