» » Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni nafaqaga chiqqan harbiylarni taqdirlab, tantana bilan uylariga kuzatdi (foto)

Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni nafaqaga chiqqan harbiylarni taqdirlab, tantana bilan uylariga kuzatdi (foto)


Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov nafaqaga chiqqan harbiylarni taqdirladi hamda ular butun shaxsiy tarkib oldida tantanali ravishda uylariga kuzatildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shuningdek, tadbirda 100 ga yaqin harbiy xizmatchilarga jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdagi yuksak natijalari uchun navbatdagi harbiy unvon, pul mukofoti, esdalik sovg‘a va diplomlar topshirildi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tarkibidagi jangovar tanklarni takomillashtirishda va qayta ta’mirlashda munosib hissa qo‘shgan uch nafar harbiy xizmatchi ham e’tibordan chetda qolmadi.

2019-yil 28-iyun kunidagi Prezident qaroriga muvofiq, Markaziy harbiy okrug maxsus operatsiya kuchlarida xizmat qilayotgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Alisher Sherboyevga “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti topshirildi.

23 yil davomida harbiylarning salomatligini asrab-avaylashdek mas’uliyatli ishga bel bog‘lagan va bugun nafaqaga kuzatilayotgan jonkuyar harbiy tibbiyot xodimi serjant Muzaffar Mirzaahmedov va boshqalarga o‘zbekona to‘n kiydirildi. Sovg‘a-salomlar berilib, o‘zgacha tantana bilan kuzatildi.

Tadbir so‘nggida Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri ijrosida kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют