» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi


O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “OneSoil”, “Boston Consulting Group” kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanishga doir bitim imzolandi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu bitim “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistondagi yer maydonlari va ekinlarini obyektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Loyiha O‘zbekistondagi bir tuman misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo‘ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Xabarda aytilishicha, shu yilning avgust oyida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va ekinlarning o‘sishi sharoitlari bo‘yicha ma’lumotni aniqlash, yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya portfelini yaratishga qaratilgan seminarlar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют