» » Toshkentda fuqaroning 159 ming dollarini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda fuqaroning 159 ming dollarini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi


Toshkent shahar Yunusobod tuman IIBga 26-iyul kuni tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil iyun oyida Yunusobod tumani 14-dahada yashovchi 59 yoshli B.Q. va M.Ulug‘bek tumanida yashovchi “Yaksart Azia” MChJ rahbari, 46 yoshli Sh.J. firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ular Buxoro shahrida yashovchi 37 yoshli A.B.ga chet el kompaniyalaridagi biznes hamkorlari orqali xorijiy banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini yechish uchun hamda uch oy ichida 350 000 dollar qilib qaytarib berish sharti bilan undan 20 000 dollarni olgan.

Shuningdek, Moskvadan 20 dona Mercedes-Benz mikroavtobuslarini olib kelib, 10 donasini A.B.ga berishlarini aytib, aldov yo‘li bilan undan bo‘lib-bo‘lib, jami 159 000 dollarni olgan. Ammo ular bergan va’dalarini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Q. va Sh.J. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют