» » Qozog‘istonda YTH oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonda YTH oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


2-avgust kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qurbonlarning 3 nafari O‘zbekiston fuqarolari, F. T va D. A voqea joyida halok bo‘lgan, uchinchi o‘zbekistonlik R. J olingan jarohatlardan Chimkent shahar shifoxonasida vafot etgan.

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Charqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78”, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют