» » Samvel Babayan muxlislardan dalda so‘rab, balki ertaga iste’foga chiqishi mumkinligini aytdi

Samvel Babayan muxlislardan dalda so‘rab, balki ertaga iste’foga chiqishi mumkinligini aytdi


O‘zbekiston — Qatar o‘yini 28-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bugun — 27-mart kuni O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Samvel Babayan gapni Suriya termasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat uchun uzr so‘rashdan boshladi.

Malayziyada qayd etilgan natija uchun muxlislar oldida uzr so‘rayman. Suriya bilan o‘yinning qayeridadir men xato ham qilgandirman. Yigitlar esa oxirigacha kurashdi. So‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol barchasini hal qildi.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Bosh murabbiy avvalgi natijalar haqida gapirar ekan, hech bir o‘yinda ko‘ngildagidek tarkibni maydonga tushira olmaganidan nolidi.

Afsuski, hech qaysi o‘yinda optimal tarkibda o‘ynay olmayapmiz. Avvalgi o‘yinlarda yo‘qotishlar bo‘ldi. Denisov ertaga maydonga tusha olmaydi, bundan afsusdamiz. To‘xtaxo‘jayev esa sariq kartochkalari to‘planib qolgani tufayli o‘yinni qo‘yib yuboradi.

Ayni vaqtda eng kuchli tarkibga ega ekanimiz borasidagi fikrimda qolaman: haqiqatdan ham shunday.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

So‘zining yakunida Samvel Babayan muxlislar daldasidan umidvor ekani haqida aytib o‘tdi.

Jamoa yaxshi o‘ynaganida stadion to‘ladi. Muxlislarga murojaat qilmoqchiman: stadionga qancha muxlis kelishidan qat’i nazar, ulardan dalda so‘rab qolamiz va bizni qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilmamiz.

Balki erataga iste’foga chiqarman. Asosiysi, O‘zbekiston terma jamoasi mundialga yo‘l olishi kerak. Bu guruhda kurash so‘nggi turgacha davom etadi, chunki raqiblar ham ochko yo‘qotmoqda. Asosiy maqsadimiz erataga g‘alaba qozonish.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Qatar o‘yini seshanba kuni 18:00 da start oladi.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют