» » O‘zbekiston taksi xizmati bozorini tubdan o‘zgartirmoqchi

O‘zbekiston taksi xizmati bozorini tubdan o‘zgartirmoqchi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deya xabar bermoqda Sputnik.

Qaror loyihasida taksilarning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi kerakligi, ularni tanishtiruvchi belgilar hamda qanday qo‘shimcha axborotlar bilan ta’minlanishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, haydovchilarga aniq talablar ham qo‘yilgan. Xususan, taksi haydovchisi bo‘lishni istaganlar 21 yoshga to‘lgan, yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “B” toifa ruxsatnomasiga ega, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shu sohada kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

Loyihada yo‘lovchilarga tashish xizmatini ko‘rsatishga qaratilgan soliqni ham qayta ko‘rib chiqish, xususan, buyurtmaning 4 foizini soliq sifatida to‘lash taklif etilgan.

Muhokama 16-avgustga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют