» » Davron Kabulov O‘zbekiston termasini boshqarishga tayyor. Natija hozirgisidan yomon bo‘lsa, yashab turgan uyidan voz kechadi

Davron Kabulov O‘zbekiston termasini boshqarishga tayyor. Natija hozirgisidan yomon bo‘lsa, yashab turgan uyidan voz kechadi


“Million”dagi chiqishlari bilan tanilgan boshlovchi Davron Kabulov O‘zbekiston milliy terma jamoasining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng o‘z Instagram sahifasida taklif bilan chiqdi. Unga ko‘ra, agar bosh jamoa Kabulovga ishonib topshirilsa va murabbiyning ishiga aralashilmasa, boshlovchi uni albatta Jahon chempionatiga olib chiqadi.

Murabbiylik tajribam yo‘qligini yuzimga solishmasa, “qo‘ng‘iroqlar” bilan tarkib tanlashga aralashishmasa, O‘zbekiston termasini Jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Tekinga — pul kerakmas. 4 yil vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman.

“Boshlovchiligingni qilsang-chi” degan gaplarga shoshilmang. Termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Qosimov, Babayan kabi “tan olingan”lar boshqardi — olib chiqolmadi JCHga. Hech narsa yo‘qotmaysiz: eplolmasam — olti marta chiqolmagan mundialga yettinchi marta chiqmagan bo‘lasiz. Va’damni ustidan chiqsam — tarixda birinchi marta bo‘ladi.

Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo‘lsa, yashab turgan uyimni o‘rtaga tikishga tayyorman!

Davron Kabulov

Опубликовано: admin (27-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют