» » TIVda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


8-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Santosh Ja bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining holati ko‘rib chiqildi va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsion loyihalarda Hindiston tomoni ishtirok etishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida Hindiston vakillarining 2019-yil sentabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etishiga qiziqish bildirildi.

Shuningdek, uchrashuvda turli darajalardagi O‘zbekiston-Hindiston tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют