» » Xalqaro Chempionlar Kubogi. “Atletiko” Feliksning dubli evaziga “Yuventus”ni mag‘lub etdi (video)

Xalqaro Chempionlar Kubogi. “Atletiko” Feliksning dubli evaziga “Yuventus”ni mag‘lub etdi (video)


10-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi Mauritsio Sarri boshliq Turinning “Yuventus” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida “matraschilar” yarim himoyachisi Joau Feliks dublga erishgan bo‘lsa (24, 33), turinliklardan Sami Hedira o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Atletiko” “Yuventus”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

Xalqaro Chempionlar Kubogi

10-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 24 Feliks, 1:1 — 29 Hedira, 2:1 — 33 Feliks

“Atletiko”: Oblak, Himenes (Korrea, 56), Trippyer (Ermoso, 56), Savich (Errera, 57), Lodi (Sanches, 66), Koke (Felipe, 57), Lemar (Vitolo, 67), Saul (Rodrigo Rikelme, 66), Lyorente (Tomas, 46), Joau Feliks (Aryas, 56), Morata (Diyego Kosta, 56; Shaponich, 90)

“Yuventus”: Shchensni (Buffon, 59), Kyellini (Bonuchchi, 46), Aleks Sandro (Kuadrado, 59), De Shilyo (Danilo, 71), de Ligt (Demiral, 71), Hedira (Matyuidi, 60), Rabyo (Jan, 71), Pyanich (Bentankur, 60), Duglas Kosta (Bernardeski, 60), Iguain (Dibala, 60), Ronaldu (Mandjukich, 71)

Ogohlantirishlar: Vitolo (69), Korrea (83)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют