» » Bag‘dodda qurol-yaroq ombori portlab ketdi (video)

Bag‘dodda qurol-yaroq ombori portlab ketdi (video)


Iroq poytaxti Bag‘dodda joylashgan qurol-yarog‘ omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash shia xalq qo‘shinlariga qarashli harbiy bazalardan biri joylashgan Abu-Dashir tumanida sodir bo‘lgan.

Bir nechta snaryad AQSh elchixonasi yaqiniga kelib tushgan. “Yashil hudud”da joylashgan Amerika diplomatik vakolatxonasi yuzaga kelgan xavf sabab ogohlantirish sineralarini yoqqan.

Al-Sumariya telekanalining Iroq armiyasini Bag‘doddagi tezkor qo‘mondonlik vakiliga tayanib ma’lum qilishicha, portlash eski o‘q-dorilarni yo‘q qilish vaqtida yuzaga kelgan.

Jarohat olganlar va yetkazilgan zarar bo‘yicha hozircha ma’lumotlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют