» » “Mikrokreditbank”ning kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda

“Mikrokreditbank”ning kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda


O‘zbekiston Prezidenti huzurida joriy yil 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida, tijorat banklariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida “Mikrokreditbank” ATBning Respublika bo‘ylab kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

Xuddi shunday uchrashuvlarning bu galgisi 2019-yilning 15-avgust kuni Namangan viloyatida tashkil etildi. Bank boshqaruvi raisi Otabek Almardonov hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi muloqotlar viloyatning Chust tumanida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor uchrashuvlar davomida, eng avvalo, mamlakat Prezidenti tomonidan qabul qilingan yangi Farmon va qarorlar, bank tizimi oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tijorat banklarining o‘rni va ahamiyati, bu borada Respublika miqyosida olib borilayotgan ishlar ko‘lami, maqsad va vazifalarga batafsil to‘xtab o‘tildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish va zudlik bilan bartaraf etish, davlat va mahalliy dasturlarga kiritilgan barcha loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish albatta, zamon talabi.

Shundan kelib chiqqan holda, muloqotlar davomida asosiy e’tibor kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul fuqarolarning muammolariga qaratilib, ularning mulohazalari tinglandi. Ochiq muloqotlar davomida bank xizmatlari ko‘rsatishda hech bir sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik bankning ham, mijozning ham manfaatiga xizmat qilishi bot-bot ta’kidlandi.

Bundan tashqari, eksport va eksport oldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlarini samarali tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali olinadigan kredit foizlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Bunda bank kreditlariga oid 39 ta masala, internet-bank xizmati bilan bog‘liq 22 ta masala, bo‘sh turgan bino inshoatlarni nol qiymatda olish yuzasidan 1 ta masala, Klaster usulida quyonchilik faoliyatini kengaytirishda yordam so‘rab 1 ta mijozda masala, Xususiy maktabgacha ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish, chekka hududda hammom qurish, tibbiyot sohasidagi masalalar ko‘tarildi.

Sayyor uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, o‘rtaga tashlangan masalalardan 39 ta qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga qat’iy vazifa va topshiriqlar berildi.

Bir haqiqat aniqki, bank va uning filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi xalq farovonligi va daromadlarini oshirish, yurtdoshlarimizni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Bank mutasaddilarining mamlakat bo‘ylab sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют