» » “Barselona” 10 yil deganda La Liganing ilk turini Messisiz o‘tkazadi

“Barselona” 10 yil deganda La Liganing ilk turini Messisiz o‘tkazadi


“Barselona” klubi La Liga 1-turidan o‘rin olgan “Atletik”ka qarshi kechadigan bahsga Lionel Messisiz yo‘l oldi, deya xabar qilmoqda Marca.

Shu tariqa, argentinalik futbolchi 2009-yildan buyon ilk bor Ispaniya chempionatining birinchi turida maydonga tushmaydi.

2009-yilda Messi tizzasidan olgan jarohatini to‘liq tiklab olmagan va katalonlarning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan maydonga tushirmaslikni so‘ragan edi. U besh kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan Argentina termasining o‘yiniga 100% tayyor holda yetib borishni istagan edi.

Ta’kidlash joiz, Messi La Liga birinchi turida juda sermahsul o‘yin ko‘rsatib kelayotgan edi. Messi so‘nggi to‘qqiz mavsumning yettitasida birinchi turda gol urishga erishgan. Mazkur o‘yinlarda argentinalik hujumchi jami 14 ta to‘p kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, “Atletik”—“Barselona” uchrashuvi 16-avgustdan 17-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют