» » Farg‘ona va Qo‘qonda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Farg‘ona va Qo‘qonda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi


“Mikrokreditbank” ATB rahbariyati tomonidan mamlakatimiz hududlarida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlar davom etmoqda. Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari T.Atamurodov rahbarligida joriy yilning 16-avgust kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqotlar davomida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi farmon va qarorlar, bank tizimi oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalar, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini bevosita joyida o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida bank tomonidan tashkil etilayotgan bank xizmatlari markazlari, yangi bank xizmatlari (MKB mobayl, mobil bank, onlayn kreditlar), shuningdek, xorijiy kredit liniyalari borasida ham tushunchalar berildi.

Sayyor uchrashuvda 100 yaqin kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar batafsil o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi.

Bank rahbariyati tomonidan tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar respublikaning boshqa hududlarida ham o‘tkazilmoqda.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют