» » Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda


Bu galgi uchrashuv “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi O.Almardonov ishtirokida 17-avgust kuni Toshkent viloyatining Piskent, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Muloqotlar davomida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi farmon va qarorlar, shuningdek, xorijiy kredit liniyalari, eksport va eksportoldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlarini samarali tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali olinadigan kredit foizlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, asosiy e’tibor tadbirkorlik subyektlarining muammolariga qaratilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda 150 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etib, kreditlashga oid 35 ta masala, internet-bank xizmati bilan bog‘liq 11 ta masalalar ko‘tarildi. Tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan har bir murojjat diqqat bilan tinglanib, aksariyati joyida hal etildi.

O‘tkazilgan sayyor uchrashuvdan so‘ng viloyatdagi bir qator loyihalarga tashrif buyurilib tadbirkorlarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют