» » UNESCO rahbari O‘zbekistondagi Jahon merosi obidalariga tashrif buyuradi

UNESCO rahbari O‘zbekistondagi Jahon merosi obidalariga tashrif buyuradi


UNESCO bosh direktori Odri Azule avgust oyi oxirida O‘zbekistonga ilk tashrif bilan keladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Tashrif davomida u 26-avgust kuni moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi. Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi hamda Samarqanddagi “Sharq taronalari” musiqiy festivalini ochib beradi. 27-avgust kuni esa UNESCO rahbari Buxoroga tashrif buyuradi.

Bo‘lajak anjumanda ko‘plab mamlakatlarning turizm va madaniyat vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda. Prezident bilan o‘tkaziladigan muzokarada esa hamkorlikni mustahkamlash va boy madaniy merosni tiklash masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda UNESCO dunyo merosi obidalari ro‘yxatidagi 962 ta obyektning 6 tasi, shu jumladan, Xivadagi Ichan qal’a, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari, Samarqandning diqqatga sazovor joylari va G‘arbiy Tyan-Shan joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют