» » O‘zbekistonda 1 sentabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1 sentabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi?


Adliya vazirligining matbuot xizmati O‘zbekiston qonunchiligida 2019-yil 1-sentabrdan boshlab kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ta’lim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), sog‘liqni saqlash va sport, madaniyat, xususan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari, shuningdek, davlat tashkilotlarining bo‘sh turgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi asosida sotiladi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, mashinasozligi hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga o‘qitish va malaka oshirish uchun yuboriladi. Tahsil olayotgan iqtidorli bakalavrlarning xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi to‘lov kontrakti to‘lab beriladi.

“Temurbeklar maktabi” xodimlarining oylik maoshi:

Ish haqining eng kam miqdori o‘rniga:

Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют