» » Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi raqibi va uning yo‘lovchisiga arra bilan tashlandi

Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi raqibi va uning yo‘lovchisiga arra bilan tashlandi


Chilonzor tumanida 13-avgust kuni soat 15:10 larda Spark haydovchisi 28 yoshli Shavkat M. va Hyundai haydovchisi 36 yashar Qayumjon Yu. Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida ketayotib, bir-biriga yo‘l bermasdan o‘zaro urushib ketgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Janjal davomida Shavkat mashinasidan arrani olib, Qayumjon va u bilan birga bo‘lgan yo‘lovchi 27 yoshli Xurshid A.ga jarohat yetkazgan. O‘z navbatida ular ham Shavkatga tan shikastlari yetkazgan. Natijada Qayumjon, Xurshid va Shavkat tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shu tumanda, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasining qatnov qismida Spark haydovchisi 36 yoshli Abdusalom X. va Matiz haydovchisi 46 yashar Rahimjon D. o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Kelishmovchilik oqibatida Abdusalom Rahimjonni urib, unga tan jarohati yetkazdi.

Ushbu holat bo‘yicha ham Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘lda harakatlanayotgan vaqtingizda boshqa haydovchilarning huquqini hurmat qilishingizni so‘raymiz. Arzimagan sabab tufayli yuzaga kelgan kelishmovchilikning oqibati noxush hodisa bilan tugashi mumkin”, — deya ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют