» » Senat “O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi

Senat “O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi


Senat tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni ma’qullandi.

Qonunga ko‘ra:

Xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda:

bola tug‘ish va ko‘krak suti bilan oziqlantirish;

muddatli harbiy xizmatga faqat erkaklarni chaqirish;

qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibida farqlarni belgilash kabilar jinsi bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydi.

Endilikda qonun hujjatlaridagi jins bo‘yicha kamsitiga yo‘l qo‘yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra agar shaxs o‘zini jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.

Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют