» » Toshkentda yo‘lovchi avtobus ag‘darildi. 8 kishi jarohat oldi, ulardan 2 nafari kasalxonaga yotqizilgan

Toshkentda yo‘lovchi avtobus ag‘darildi. 8 kishi jarohat oldi, ulardan 2 nafari kasalxonaga yotqizilgan


2019-yil 24-avgust kuni soat 18:30 larda Toshkentdagi “12-sonli avtobus saroyi” AJ haydovchisi F.M. 104-yo‘nalishdagi Isuzu avtobusini Sergeli tumani, Xonobodtepa ko‘chasida joylashgan “Laylo” to‘yxonasi oldida haydab ketayotganda avtobusning ressori sinib ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi boshqaruvni eplay olmagan va avtobus ag‘darilib ketgan.

Avtobusning 2 nafar yo‘lovchisi—Sergeli tumanida yashovchi 59 yoshli G.X. ismli ayol va Buxoro viloyati, Olot tumanida yashovchi 2015-yilda tug‘ilgan Z.P. ismli qiz jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Yana 6 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют