» » “Barselona” — “Real” uchrashuvini boshqarib boradigan hakam ma’lum bo‘ldi. U Ramosni ikki bor chetlatgan

“Barselona” — “Real” uchrashuvini boshqarib boradigan hakam ma’lum bo‘ldi. U Ramosni ikki bor chetlatgan


Ispaniya futbol federatsiyasi “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuvga hakamlar tayinladi.

La Liga 13-turidan doirasidagi qoldirilgan uchrashuvni Alexandro Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu ispaniyalik hakam faoliyatidagi to‘rtinchi “El-Klasiko” hisoblanadi.

Ernandes Ernandes mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda ikki bor madridliklar himoyachisi Serxio Ramosga qizil kartochka ko‘rsatgan: 2015/16-yilgi mavsumda “Kamp Nou” va 2016/17-yilgi mavsum “Santyago Bernabeu”dagi o‘yinda. Shuningdek, 2015/16-yilgi mavsumda hakam Garet Beylning “Barselona”ga urgan golini bekor qilgan.

Alexandroga qanotlarda Teodoro Sobrino Magan va Xose Enrike Peres Naranxo yordam beradi. Videotakrorlar tizimiga esa Rikardo de Burgos va Xon Nunyes Fernandeslar javob beradi.

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv 18-dekabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin Kataloniyadagi tartibsizlar sabab qoldirilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют