» » Xitoyda koronavirusning yangi turidan birinchi odam vafot etdi

Xitoyda koronavirusning yangi turidan birinchi odam vafot etdi


Xitoyning Uxan shahrida ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirusdan birinchi odam vafot etdi, deb xabar bermoqda “Kommersant” Reuters’ga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning aholi zich joylashgan Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lgani haqida dekabr oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgan. 3-yanvar holatiga ko‘ra shaharda 44 ta virusli prevmoniya holati aniqlangan, 11 nafar bemor og‘ir ahvolda bo‘lgan. Shuningdek, yana 121 kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. Ularning barchasi bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Keyinchalik kasallangan bemorlar soni 59 nafarga yetgan.

9-yanvar kuni laboratoriya tadqiqotlari natijasida pnevmoniya tarqalishiga ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus sabab bo‘lgani aniqlangan. Nuklein tahlili yordamida koronavirusning yangi turi yuqishi bilan bog‘liq 15 ta holat tasdiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют