» » AQSh Belarus va Qirg‘iziston fuqarolariga mamlakatga kirishni cheklashi mumkin

AQSh Belarus va Qirg‘iziston fuqarolariga mamlakatga kirishni cheklashi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Belarus, Qirg‘iziston, Nigeriya, Myanma, Sudan, Tanzaniya va Eritreya fuqarolariga mamlakat hududiga kirishni cheklovchi mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Kommersant”.

Mamlakatlar ro‘yxati hali tasdiqlanmagan, unga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu mamlakatlar fuqarolari AQShga kirishga umumiy taqiqqa uchramaydi, biroq vizaning ayrim turlarini olishda cheklovlar qo‘yilishi mumkin.

Oq uyning rasmiy vakili Xogan Gidli fuqarolari uchun AQShga kirish cheklanadigan mamlakatlar ro‘yxati kengaytirilishiga izoh berishdan bosh tortdi.

“Agar biron bir mamlakat AQShning immigratsiya dasturlarida ishtirok etishni xohlasa, ular xavfsizlikning barcha choralari va terrorizmga qarshi kurashga amal qilishi kerak”, — deydi Gidli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют