» » “Hali ham kech emas, ko‘zimizni ochishimiz kerak”. Hukumat vakili ichki ishlar, Milliy gvardiya va OAV xodimlarini ehtiyotkorlikka chaqirdi

“Hali ham kech emas, ko‘zimizni ochishimiz kerak”. Hukumat vakili ichki ishlar, Milliy gvardiya va OAV xodimlarini ehtiyotkorlikka chaqirdi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanali orqali qilgan chiqishida ish yuzasidan odamlar bilan muloqot qilishga majbur bo‘layotgan fuqarolarni ehtiyotkorlikka, kasallikning klinik belgilarini sezgan zahoti shifokorlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Vaziyat murakkablashib borayotganini hali to‘liq anglab yetmadik, chamasi. Hanuzgacha karantin tadbirlariga rioya qilmaslik, mantiqsiz, maqsadsiz ko‘chalarda kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi.

Ahamiyat bersangiz, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining barchasi faqat koronavirus bilan shug‘ullanyapti xolos. Tibbiyot xodimlari bir yoqda tursin, boshqa barcha soha xodimlari koronavirus kasalligi bo‘yicha, uning profilaktikasi bo‘yicha nima ish qilishimiz kerakligi haqida qayta-qayta gapiryapti.

Nazarimda, bu kabi targ‘ibotdan keyin kasallikning klinik belgilari, undan himoyalanish usullari yod bo‘lib ketishi kerak edi. Ming afsuski, hanuzgacha kasallik klinik belgilari kuzatilsa, bunga beparvolik bilan qarab, tibbiyot xodimlariga murojaat qilmasdan uzoq muddat uyda qolib ketib, ahvoli og‘irlashganidan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar bor.

Hali ham kech emas. Ko‘zimizni ochishimiz kerak. Ayniqsa, ish yuzasidan odamlar bilan muloqot qilishga majbur bo‘layotgan tibbiyot xodimlari, ichki ishlar xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari, qo‘yingki, mana shu jarayonga jalb etilgan ommaviy axborot vositalari xodimlari qachonki muloqotga kirishishga majbur bo‘lgan paytda o‘z ehtiyotimizni qilishimiz kerak.

Nurmat Otabekov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i

Ma’lumot uchun, 3-aprel Toshkent vaqti bilan soat 9:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami bemorlar soni 221 nafarga yetdi — ulardan 25 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan, ikki nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют