» » Toshkentda Islom taraqqiyot markazi tashkil etiladi

Toshkentda Islom taraqqiyot markazi tashkil etiladi


Toshkent shahrida Islom taraqqiyot markazi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasi hududida Islom taraqqiyot markazini tashkil etmoqchimiz. Ushbu maskanda ham Imom Buxoriy xalqaro markazi kabi xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga, buyuk ajdodlarimiz islom ta’limotiga beqiyos hissa qo‘shganini aniq misollar bilan ko‘rsatish kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan ham tanishdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi

O‘zAning xabar berishicha, bu loyiha Imom Buxoriy majmuasi ziyoratchilari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratib, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют