» » Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar reytingi tuzildi. Aleks Fergyuson birinchi o‘rinda

Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar reytingi tuzildi. Aleks Fergyuson birinchi o‘rinda


FourFourTwo nashri futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga nasib etdi. Kuchli uchlikdan “Ayaks” va “Barselona” sobiq ustozlari Rinus Mihels hamda Yoxan Kroyff o‘rin oldi.

Ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan mutaxassislardan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kuchli o‘ntalikka kirdi.

FourFourTwo talqiniga ko‘ra, futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar:

1. Aleks Fergyuson (“Aberdin”, Shotlandiya terma jamoasi, “Manchester Yunayted”);

2. Rinus Mihels (“Ayaks”, “Barselona”, Niderlandiya terma jamoasi, “Kyoln”, “Bayer”);

3. Yoxan Kroyff (“Ayaks”, “Barselona”);

4. Bill Shenkli (“Liverpul”);

5. Pep Gvardiola (“Barselona”, “Bavariya”, “Manchester Siti”);

6. Arrigo Sakki (“Parma”, “Milan”, Italiya terma jamoasi, “Atletiko”);

7. Mett Basbi (“Manchester Yunayted”, Shotlandiya terma jamoasi);

8. Elenio Errera (“Atletiko”, “Sevilya”, “Barselona”, Ispaniya terma jamoasi, “Inter”, Italiya terma jamoasi, “Roma”);

9. Ernst Happel (“Den Xaag”, “Feyenoord”, “Sevilya”, “Bryugge”, Niderlandiya terma jamoasi, “Standard”, “Hamburg”, Avstriya terma jamoasi);

10. Valeriy Lobanovskiy (“Dnepr”, “Dinamo Kiyev”, SSSR terma jamoasi, Ukraina terma jamoasi).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют